Javohir Ummataliyev "Strandja" turnirini kumush medali bilan yakunladi
"Strandja" turnirining hal qiluvchi - final janglari davom etyapti.
-80 kg da Javohir Ummataliyev hamda ukrainalik Pavlo Illiusha oʻrtasidagi bahs nihoyasiga yetdi. 1-raundda ustunlik qilgan hamyurtimiz 2-raundda biroz sustkashlikka yoʻl qoʻydi. Hal qiluvchi raundda esa Javohir qanchalik harakat qilmasin, hakamlar negadir Ukraina vakiliga ochkolarni taqdim etdi. Shu tariqa bokschimiz ushbu musobaqani kumush medal bilan yakunladi.
Eslatib oʻtamiz, bizni oldinda Akmaljon Isroilov va Matvii Rajba (Ukraina) toʻqnashuvi kutmoqda.
Fikrlar