Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

Javohir Ummataliev yaqqol ustunlik bilan g‘alaba qozondi

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Hamyurtimiz keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Xabaringiz bor, Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahri erkaklar o‘rtasida Jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda. IBA tashkiloti sha’feligida o‘tkazilayotgan ushbu turnirda terma jamoamiz a’zolari ham qatnashyapti. Bugungi dastrudan to‘rt nafar bokschimizning bahsi o‘rin olgandi.

-80 kg da vakilimiz Javohir Ummataliev hamda gaitilik Sedrik Beloni-Duliepre qarama-qarshiligi nihoyasiga etdi. To‘liq 3 raund davom etgan jangda charm qo‘lqop ustamiz yaqqol ustunlikka erishdi - 5:0.

Eslatib o‘tamiz, bizni oldinda yana bir bokschimiz Arman Maxanov va Andre Tompson (IBA-PRO-2) to‘qnashuvi kutib turibdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q