JCh-2022. Mezbonlar ketma-ket ikkinchi o‘yinda mag‘lub bo‘ldi va pley-offga chiqish imkoniyatini deyarli yo‘qotdi

  • 25.11.2022 19:59
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

Jahon chempionati 2-turi doirasidagi Qatar - Senegal uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda mehmonlar 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Afrikaliklar safida Bulaye Dia, Famara Dedu hamda Bamba Deng tomonidan urilgan gollarga mezbonlar tarkibida Muhammad Muntari bir bor javob qaytara oldi.

Shu tariqa, senegalliklar ochkolari sonini 3 taga etkazib oldi. Ketma-ket ikki bor mag‘lub bo‘lgan Qatar keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini deyarli qo‘ldan boy berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!