JCh-2022da FIFA prezidentini tez-tez namoyish etilishining sababi ma’lum bo‘ldi

  • 13 yanvar, 2023, 16:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

JCh-2022 paytida teleoperatorlariga FIFA prezidenti Janni Infantinoni qanday tasvirga olish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.

Tecno

The Times nashrining yozishicha, Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatini teletranslyatsiyasi uchun mas’ul bo‘lgan Shveytsariyaning HBS kompaniyasi o‘yinlar translyatorlariga Janni Infantinoni suratga olish bo‘yicha ko‘rsatma yuborgan. Kadrlar keyinchalik turnirning barcha translyatorlari tomonidan foydalanilgan.

Ko‘rsatmalarda Infantino o‘yin davomida qanchalik tez-tez ko‘rsatilishi va buni qanday qilish kerakligi aytilgan. Bu borada 3 ta asosiy qoida bor edi:

- Infantino o‘zi qatnashgan o‘yin translyatsiyasi vaqtida kamida bir marta namoyish etilishi kerak edi (FIFA prezidenti turnirning barcha 64 o‘yinida qisman bo‘lsada qatnasha olgan);

- Infantino telefondan foydalanayotgan paytlarda uni ko‘rsatishga ruxsat berilmagan;

- Infantino shayxning yonida o‘tirgan bo‘lsa, kadrda ularning tizzadan past qismi ko‘rsatishi mumkin emas.

Hatto bir marta Infantino qo‘lida telefon ushlab turgani efirga qo‘yib yuborgani uchun uchun translyatsiya rejissyori ogohlantirish olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!