"JCh–2026": "A" guruhida 1-tur o'yinlari yakunlandi

  • 12.06.2026 09:48
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Jahon chempionati rasm an start oldi. Turnirning ochilish oʻyinida mezbonlardan biri boʻlgan Meksika terma jamoasi Janubiy Afrikani 2:0 hisobida magʻlub etdi.

Mexiko shahridagi mashhur "Atsteka" stadionida oʻtgan bahsning 9-daqiqasida Xulian Kinyones mundialning ilk goliga mualliflik qildi. Ikkinchi boʻlimda Raul Ximenes hisobni 2:0 koʻrinishiga olib kelib, jamoasi gʻalabasini taʼminladi.

Shu tariqa, "Atsteka" stadioni erkaklar oʻrtasidagi uchta Jahon chempionati uchrashuvlariga mezbonlik qilgan tarixdagi birinchi arenaga aylandi. U avval 1970 va 1986 yildagi mundiallarda ham oʻyinlarni qabul qilgan edi.

Musobaqaning ilk kunida yana bir uchrashuv boʻlib oʻtdi. Gvadalaxara shahridagi "Akron" stadionida Janubiy Koreya Chexiya ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozondi.

Uchrashuvda hisobni chexiyalik Ladislav Kreych i ochdi. U Vladimir Tsoufalning aniq tashlab bergan toʻpidan keyin bosh bilan gol urdi.

Birqok Janubiy Koreya tez orada javob qaytardi. Avval Xvan In Byom hisobni tenglashtirdi, keyin esa O Hyun Kyu 80-daqiqada gʻalaba golini kiritdi.

Shunday qilib, Jahon chempionati–2026ning birinchi kuni qiziqarli va sermazmun voqealarga boy tarzda yakunlandi.

Shu tariqa, 1-turdan Meksika va Janubiy Koreya 3 ochkodan toʻplagan holda, birinchi va ikkinchi oʻrinlarni band qilib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!