"ЖЧ-2026": "A" guruhidagi yakuniy holat bilan tanishing

  • 25.06.2026 08:29
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

AQSh, Kanada va Meksika davlatlari mezbonlik qilayotgan Jahon chempionatining guruh bosqich o‘yinlari davom etmoqda. Bugun "A" guruhida  so‘nggi  3-tur uchrashuvlari o‘z nihoyasiga yetdi.

Unga ko‘ra, Meksika Chexiyani 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Ikkinchi bahsda esa Janubiy Afrika Respublikasi Janubiy Koreyani 1:0 hisobida taslim qildi.

Shu tariqa, mundial mezbonlaridan biri bo‘lgan Meksika 9 ochko bilan guruh peshqadami sifatida pley-offga yo‘l oldi. Janubiy Afrika Respublikasi esa 4 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab, keyingi bosqichga chiqdi.

Janubiy Koreya 3 ochko bilan uchinchi pog‘onada qoldi. Biroq osiyoliklarga hali ham imkoniyat saqlanib qolgan — ular eng yaxshi uchinchi o‘rin sohiblari qatorida pley-offga chiqishi mumkin.

Quyida "A" guruhining yakuniy turnir jadvali bilan tanishishingiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!