"JCh-2026": Argentina bir kishi kam bo‘lib qolgan Shveytsariyani mag‘lub etib, yarim finalga chiqdi
AQSh, Kanada va Meksika davlatlari mezbonlik qilayotgan Jahon chempionatining chorak final bahslari davom etmoqda. Ushbu bosqich doirasida Argentina va Shveytsariya milliy terma jamoalari o‘zaro bahs olib bordi.
Mazkur bellashuvda amaldagi jahon chempionlari 3:1 hisobida g‘alaba qo‘zondi.Dastlab, 10-daqiqada Aleksis Mak Allister hisobni ochdi. 67-daqiqada esa Dan Ndoye o‘z qanotidan jarima maydonchasiga kirib borib, hisobni tenglashtirdi. Asosiy vaqtda boshqa gol urilmadi va jamoalar qoshimcha bo‘limlarga yo‘l oldi.
Ekstra taymlarda argentinaliklar Julian Alvaresning ajoyib goli evaziga yana oldinga chiqib oldi. 120+1'-daqiqada Lautaro Martines so‘nggi nuqtani qo‘ydi — 3:1.
Shu tariqa, Lionel Skaloni shogirdlari yarim finalga yo‘l oldi va ushbu bosqichda Angliya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
- Xalqaro - Jahon chempionati
- Chorak final
Argentina
- Alexis Mac Allister 10'
- Julián Álvarez 112'
- Lautaro Martínez 120'
12.07.2026 06:00
Shveysariya
- Dan Ndoye 67'

Fikrlar