"JCh-2026". "C" guruhida 2-tur uchrashuvlari yakunlandi
Braziliya terma jamoasi Jahon chempionati 2-turida Gaitini 3:0 hisobida mag‘lub etib, "S" guruhida birinchi o‘ringa ko‘tarildi.
Karlo Anchelotti shogirdlari ikki turdan keyin 4 ochko to‘plab, guruh jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi.
Ikkinchi o‘rinni ham 4 ochkoga ega Marokash terma jamoasi egalab turibdi. Jamoalar o‘zaro uchrashuvda durrang o‘ynagan bo‘lsa-da, to‘plar nisbati bo‘yicha braziliyaliklar ustunlik qilmoqda.
Uchinchi pog‘onada 3 ochko bilan Shotlandiya joylashgan. Gayti esa ikki turdan keyin ham ochko jamg‘ara olmadi va guruhning so‘nggi o‘rnini egalab turibdi.
Guruh bosqichining hal qiluvchi turida Braziliya Shotlandiyaga qarshi maydonga tushadi. Marokash esa Gayti bilan kuch sinashadi.

Fikrlar