"JCh-2026": Fayzullaevning goli O'zbekistonni mag'lubiyatdan qutqarib qola olmadi

  • 18.06.2026 09:01
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

AQSh, Kanada va Meksika davlatlari mezbonlik qilayotgan Jahon chempionatining guruh bosqich o‘yinlari davom etmoqda. Bugun "K" guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi Kolumbiyaga qarshi maydonga tushdi.

Mundialdagi ilk bahsda "oq bo‘rilar" imkoniyatni boy berib qo‘ydi — 1:3

Dastlab, 41-daqiqada Luis Diasning ajoyib uzatmasidan so‘ng Daniel Munyos hisobni ochdi. Shu tariqa, birinchi bo‘lim Kolumbiyaning minimal ustunligi bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limda esa O‘zbekiston hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. 60-daqiqada Eldor Shomurodovning zarbasidan keyin qaytgan to‘pni Abbosbek Fayzullaev bo‘sh qolgan darvozaga joylab qo‘ydi — 1:1. Shu tariqa, Fayzullaev O‘zbekistonning Jahon chempionatlari tarixidagi ilk goliga mualliflik qildi.

Biroq hisob tenglashganidan keyin Kolumbiya bosimni yanada oshirdi. Natijada 65-daqiqada Luis Dias raqib himoyachilarini ortda qoldirib, jamoasini yana oldinga olib chiqdi — 1:2. Qolgan vaqt davomida ham Jaminton Campaz ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi — 1:3.

Shu tariqa, Fabio Kannavaro shogirdlari Jahon chempionatidagi ishtirokini mag‘lubiyat bilan boshladi. Ayni paytda "K" guruhida Nestor Lorenso boshchiligidagi Kolumbiya terma jamoasi 3 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi.

  • Xalqaro - Jahon chempionati
  • Guruh bosqichi
18745.png

O'zbekiston

  • Abbosbek Fayzullaev 60'
Tugadi
1 : 3

18.06.2026 07:00

18720.png

Kolumbiya

  • Daniel Muñoz 40'
  • Luis Díaz 65'
  • Jáminton Campaz 90'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!