"JCh-2026". "H" guruhida 1-tur uchrashuvlari yakunlandi

  • 16.06.2026 05:20
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Jahon chempionatining "N" guruhida birinchi turdan keyin barcha jamoalar bir xil natija qayd etdi.

Bugun Urugvay terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Kecha esa Yevropa chempioni Ispaniya Kabo-Verde darvozasiga yo‘l topa olmadi va bahs 0:0 hisobida yakunlandi.

Shu tariqa, birinchi turdan so‘ng har to‘rtala jamoa hisobida bir ochkodan mavjud. Gollar nisbatiga ko‘ra Urugvay guruh peshqadami bo‘lib turibdi. Saudiya Arabistoni ikkinchi, Ispaniya uchinchi, Kabo-Verde esa to‘rtinchi o‘rinni egalab turibdi.

Ikkinchi tur bahslarida Ispaniya 21 iyun kuni Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi. Urugvay esa 22 iyun kuni Kabo-Verde bilan kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!