"JCh-2026". Marokash kambek qildi va pley-offga yo‘l oldi

  • 25.06.2026 05:04
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Jahon chempionati guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan bahsda Marokash terma jamoasi Gaitini 4:2 hisobida mag‘lub etdi.

Atlanta shahridagi "Mersedes-Bents Stedium"da o‘tgan uchrashuvda hisob 10-daqiqada ochildi. Gaitiliklar hujumchisi Lenni Jozefning zarbasidan keyin to‘p darvoza toriga borib tushdi. Keyinchalik bu vaziyat avtogol sifatida Yassin Bunuga yozildi.

39-daqiqada Ashraf Hakimi muvozanatni tikladi. Biroq oradan to‘rt daqiqa o‘tib, Vilzon Izidor Gaitini yana oldinga olib chiqdi.

Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda Ismaël Saybari Ashraf Hakimining uzatmasidan so‘ng hisobni tenglashtirdi va jamoalar tanaffusga 2:2 hisobida yo‘l oldi.

Ikkinchi bo‘limda tashabbusni to‘liq o‘z qo‘liga olgan marokashliklar 78-daqiqada Sufyan Raimining goli evaziga oldinga chiqib oldi. 89-daqiqada esa Raimi golli uzatma berib, Gessim Yassinning goliga mualliflik qildi.

Shu tariqa, Marokash 7 ochko to‘plab, guruhda ikkinchi o‘rinni egalladi va pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Gaiti esa 0 ochko bilan so‘nggi o‘rinda qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!