"JCh-2026": Meksika Ekvadorni ishonchli hisobda mag‘lub etib, nimchorak finalga yo‘l oldi
AQSh, Kanada va Meksika davlatlari mezbonlik qilayotgan Jahon chempionatining 1/16 final bosqich bahslari davom etmoqda. Mazkur bosqich doirasida mundial mezbonlaridan biri — Meksika hamda Ekvador terma jamoalari o‘zaro bahs olib bordi.
Uchrashuvda mezbonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Dastlab, 22-daqiqada Xulian Kinyones chiroyli gol urib, hisobni ochdi. Oradan to‘qqiz daqiqa o‘tib esa Raul Ximenes jamoasining ustunligini yanada mustahkamladi. Ikkinchi bo‘limda hisob o‘zgarishsiz qoldi.
Shu tariqa, meksikaliklar Jahon chempionatining nimchorak finaliga yo‘l oldi. Endi ular Angliya — Kongo DR juftligi g‘olibi bilan kuch sinashadi.
- Xalqaro - Jahon chempionati
- Round of 32
Mexico
- Julián Quiñones 22'
- Raúl Jiménez 31'
Tugadi
2
:
0
01.07.2026 07:00

Fikrlar