"JCh-2026": Portugaliya kambek amalga oshirib, Xorvatiyani mag‘lub etdi!

  • 03.07.2026 06:13
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

AQSh, Kanada va Meksika davlatlari mezbonlik qilayotgan Jahon chempionatining 1/16 final bosqich bahslari davom etmoqda. Ushbu bosqich doirasida Portugaliya va Xorvatiya milliy terma jamoalari o‘zaro bahs olib bordi.

Mazkur bellashuvda portugaliyaliklar 2:1 hisobida g‘alaba qo‘zondi. Dastlab, 53-daqiqada Ivan Perishich hisobni ochgan bo‘lsa, 68-daqiqada Krishtianu Ronaldu penaltiidan aniq foydalanganib, muvozanatni tikladi. Uchrashuvning qo‘shib berilgan 90+4-daqiqasida esa zahiradan maydonga tushgan Gonsalu Ramush g‘alaba goliga mualliflik qildi.

Shu tariqa, Roberto Martines shogirdlari Jahon chempionatining nimchorak finaliga yo‘l oldi. Endi portugaliyaliklar ushbu bosqichda Ispaniya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

  • Xalqaro - Jahon chempionati
  • Round of 32
18701.png

Portugaliya

  • Cristiano Ronaldo 68'
  • Gonçalo Ramos 90'
Tugadi
2 : 1

03.07.2026 04:00

18588.png

Xorvatiya

  • Ivan Perisic 53'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!