
"JCh-2026" saralashi. O‘ta shiddatli va dramatik tarzda kechgan bahsda O‘zbekiston kambek qilib, Eron bilan durang o‘ynadi
Osiyo qit’asida 2026 yilgi jahon chempionatining saralash bosqichi doirasida O‘zbekiston - Eron uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda tomonlar 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Dastlab, forslar Ramin va Taremining gollari evaziga oldinga chiqib oldi. Biroq vakillarimiz iroda namoyish etdi va O‘runov hamda Sergeevning gollari hisobiga muvozanatni tikladi. Qayd etish lozim, Igor Sergeev zaxiradan maydonga tushganiga ko‘p bo‘lmasdan tezkor gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shundan so‘ng muxlislar boshqa gol ko‘rmadi.
Ushbu natijadan so‘ng ikki jamoa hisobida ham ochkolar soni bir xil 4 taga etdi. To‘plar farqining yaxshiligi evaziga Eron 1-o‘rinni band etib turibdi.
Fikrlar