"JCh-2026". Urugvay Kabo-Verdega qarshi bahsda g'alabani qo'ldan chiqardi

  • 22.06.2026 05:10
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan uchrashuvda Urugvay va Kabo-Verde terma jamoalari 2:2 hisobida durang o‘ynadi.

Urugvay birinchi bo‘lim oxirida hisobni tenglashtirdi. 44-daqiqada Maksimiliano Arauho bosh bilan o‘ynab, to‘pni darvozaga jo‘natdi.

Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtning 6-daqiqasida esa Agustin Kanobbio Arauhoning uzatmasidan keyin gol urib, Urugvayni oldinga olib chiqdi.

Biroq janubiy amerikaliklar ustunlikni saqlab qola olmadi. 61-daqiqada maydonga tushganidan uch daqiqa o‘tib Eliu Varela hisobni tenglashtirdi. Urugvay darvozaboni Fernando Muslera jarima maydonchasidan chiqib ketgan vaziyatda Varela bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qildi.

Shu tariqa, uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi va jamoalar bir ochkodan bo‘lishib olishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!