JCh saralashi. Tojikiston yirik hisobda zafar quchdi, O‘zbekiston endi eng yaxshi ikkinchi o‘rindagi jamoalar orasida 5-o‘rinda

  • 15 iyun, 2021, 17:46
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahon chempionati saralash bosqichidan o‘rin olgan bir necha uchrashuvlar o‘z yanihoyasiga etdi. "F" guruhi ishtirokchilari Tojikiston hamda Myanma terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin qo‘shnilarimizning 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Tecno

Gollarga Komron Tursunov, Manuchexr Jalilov, Sheriddin Boboev hamda Shaxrom Samiev mualliflik qildi. Shu tariqa, Tojikiston ochkolari sonini 13 taga etkazib olgan holda, 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Endi ular eng yaxshi ikkinchi o‘rin uchun kurashda 4-pog‘onaga chiqdi.

Shuningdek, Yaponiya - Qirg‘iziston terma jamoalari o‘rtasidagi bellashuvda "kunchiqar yurt vakillari" 5:1 hisobida zafar quchdi. Nominal mezbonlar safida Onaiu xet-trikka erishgan bo‘lsa, Sasaki va Asano o‘z hisobiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi. Bu aniq zarbalarga qirg‘izistonliklar safida Murzaev bir marta javob qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Shunday qilib, "samuraylar" guruhdagi 8 o‘yinnig barchasida g‘alaba qozondi. 10 ochko jamg‘argan Qirg‘iziston 3-pog‘onani band etgan.

photo_2021-06-15_17-28-01

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!