Jek Della Maddalana: "Topuriya va Maxachev "stoyka"da jang qilsa, biz super toʻqnashuv guvohi boʻlamiz"
UFC sobiq chempioni Jek Della Maddalana divizionning amaldagi chempioni Islom Maxachev va engil vazn toifasi chempioni Iliya Topuriya oʻrtasidagi eʼtimoiy qarama-qarshilik haqida gapirdi.
"Fikrimcha, Islom va Iliya jangi yaxshi oʻtadi. Biroq gabaritlar orasidagi farq kattaroq, deb oʻylayman. Maxachev yirikroq koʻrinyapti. Lekin Topuriya - ajoyib pancher, agar bahs "stoyka"da kechsa, biz super toʻqnashuvga guvoh boʻlamiz. Shunday ekan, bu bahsni tashkil etish lozim", - dedi avstraliyalik.
Eslatib oʻtamiz, Della Maddalen 2025 yil may oyida hakamlarning yakdil qarori bilan Belal Muhammadni magʻlub etib UFC chempioniga aylangandi, biroq 2025 yil 16 noyabrda Maxachevga imkoniyatni boy berib, kamaridan mahrum boʻldi.
Fikrlar