Jek Della Maddalena: “Islom Maxachevdan qasos olaman"

  • 05.11.2025 21:16
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

UFC ning yarim o‘rta vazn (77 kg) chempioni Jek Della Maddalena rossiyalik Islom Maxachevga qarshi bo‘lajak jang oldidan fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Aleksandr Volkanovski Islom bilan birinchi bahsda tengma-teng kurashdi va hakamlar yakunda g‘alabani Maxachevga berib yuborishdi. Ushbu to‘qnashuvni ko‘rgach, rossiyalikni engishimga ishonchim komil bo‘ldi. Hamyurtimga qarshi adolatsiz natija uchun Maxachevdan qasos olaman”, — dedi avstraliyalik "FOX Sports" ga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Islom va Maddalena qarama-qarshiligi 16 noyabr kuni "UFC 322" turnirida o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!