“Jenoa” muxlislari Shomurodovni o‘ynatmagan murabbiyga bosh ko‘tardi!

  • 15 yanvar, 2021, 07:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya kubogining nimchorak final uchrashuvida “Yuventus” o‘z maydonida “Jenoa”ni qabul qilib, asosiy vaqtda 2:2 hisobida durang o‘ynadi. G‘olibni aniqlash uchun berilgan qo‘shimcha vaqtda esa, turinliklar g‘alaba to‘pini kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Tecno

Bu uchrashuvda genuyaliklar bosh murabbiyi Davide Ballardini jamoaning asosiy quroliga aylangan Eldor Shomurodov va Mattia Destro hujum tandemidan foydalanmaslikni ma’qul topdi. Muxlislar tomonidan “Jenoa”ning xaloskori sifatida maqtalayotgan Ballardini bu qarori bilan ularning keskin tanqidiga duchyor bo‘ldi.

Jamoa “Yuventus” singari qudratli klub bilan tengma-teng o‘ynaganiga qaramay, genuyalik futbol ishqibozlari Shomurodov va Destroni maydonga tushirmagani uchun bosh murabbiyni  tarkib tanlashda xato qilganlikda ayblab, mag‘lubiyatga bosh sababchi sifatida munosabat bildirmoqda.

1609738093_eq0cmhjxmaadmdr

“Yuventus” ustidan g‘alaba qozonilishini kutgan muxlislarning o‘yindan keyingi fikr-mulohazalarini e’tiboringizga havola qilamiz.

Fabio Corellino:

Ballardini Shomurodov va Destrodan nega foydalanmaganini hali ham tushunib etganim yo‘q. Chempionlarga qarshi kurashda eng zo‘r futbolchilar o‘ynashi kerak!

Simone Ferrero:

Balki “Yuventus” rahbariyati transfer bahona “Jenoa”dan bu o‘yinda Shomurodovni maydonga tushirmaslikni so‘ragandir. Yo‘qsa, Ballardini uni o‘ynatmagani umuman tushunarsiz holat.

Anna Lazzari:

Ballardini o‘yinni oxirida atayin imkoniyatni boy bergandek tuyuldi. U kubok uchun kurashga kuch sarflamasdan, bor e’tiborini A Seriya o‘yinlariga qaratganga o‘xshaydi. Bo‘lmasa, nega u zaxirada zo‘r hujumchilari bo‘la turib, ularni jangga tashlamadi?

Simone Lucarelli:

Ballardinining qarori g‘alati bo‘ldi. Shomurodov, Destro va bir necha kuchli o‘yinchilar zaxirada qolib ketdi. Lekin murabbiy nimalarnidir kutib, vaqt o‘tkazdi. “Yuventus” beshta o‘yinchini almashtirganida ham, biz zaxiradan foydalanishni cho‘zdik. Ikkinchi bo‘limda hisobni tenglashtirganimizda, o‘tkir hujumchilarni maydonga tashlab, g‘alaba qozonish mumkin edi.

Andrea Zanello:

Moratani maydonda nimalar qilganini ko‘rib, “Yuventus”da Shomurodov va Skamakkaga ehtiyoj yo‘qligiga ishondim.

Roberto Baldini:

Ballardinining xatosi bizni chorak finaldan ayirdi. Kuchli hujumchilarni o‘yinga tushiradigan pallada u o‘yinchi almashtirmadi. Qo‘shimcha taymda Shomurodov yoki Destroni emas, Malesni o‘ynatdi. Nega bunday qildi? Chempionlarga qarshi mavsumda bir daqiqa o‘ynamagan futbolchini tushirish mumkinmi?

Luciano Gualdi:

Bir tomondan Ballardinini to‘g‘ri tushunaman, u asosiy hujumchilarni A Seriya o‘yinlari uchun asragan. Lekin “Yuventus”ni mag‘lub etish imkoni tug‘ilganida hujumga Shomurodov va Destroni chiqarishi kerak edi.    

Andrea Siciliano:

Zaxirada  Shomurodov, Destro, Zayts kabi kuchli futbolchilarni olib qolib, qo‘shimcha daqiqalarda Malesni o‘yinga qo‘shish ahmoqlik!

90032ad94046b9299d3d25ec1e68baca

“Jenoa” navbatdagi uchrashuvini A Seriya doirasida 17 yanvar kuni o‘tkazadi. Shu kuni genuyaliklar 18-tur bahsida “Atalanta” mehmoni bo‘ladi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 22:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Azamjon Axmedov
15/01/2021 17:17
Баллардини тажрибали мураббий. Командани нафақат лигада сақлаб қолиш балки келажакда уни юқорироқ даражага олиб чиқиш имконияти борлиги кўзга ташланмоқда. Бир икки ўйинчиларга эмас жамоавий ўйинни шакллантиришга харакат қилмоқда. Хаммасини вақт кўрсатади...
Дилшод Даврлнов
15/01/2021 08:56
17 январдаги Элдорни уйинини uzreport tvda жонли обирйла илтимос
&
16/01/2021 15:29
++ juda zòr fikr shunday qilsa zòr bòladi