“Jenoa” muxlislari Shomurodovning “Yuventus”ga o‘tishiga qarshi: Bizda Ronaldu ham o‘zini ko‘rsata olmasdi!

  • 10 yanvar, 2021, 23:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 6
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriyaning so‘nggi uchrashuvlarida golli vaziyatlarda bevosita ishtirok etayotgan Eldor Shomurodov “Jenoa”ning xavfli hududdan chiqib ketishiga eng katta hissa qo‘shgan haqiqiy qahramonga aylanib qoldi.

Tecno

Italiya futbolining bugungi kundagi eng qudratli klubi hisoblangan “Yuventus”ning o‘zbekistonlik hujumchiga qiziqa boshlagani, albatta, genuyalik muxlislarni ham befarq qoldirmadi.

Qizig‘i shundaki, Eldorning barcha muxlislari uning Turin klubiga ko‘chib o‘tishini istayotgan va buni intiqlik bilan kutayotgan bo‘lsa, “Jenoa” ishqibozlari Shomurodovdan ayrilishni xohlamayapti va ular hujumchining Turinga ketishiga qarshi. Genuyaliklar Eldor timsolida jamoaning yangi yulduzi va xaloskorini ko‘rmoqda. Buni ularning "Jenoa“ rasmiy tarmoqlarida qoldirayotgan izohlaridan ham bilib olish mumkin.

An’anaga ko‘ra, e’tiboringizga genuyalik muxlislarning “Bolonya”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvdan keyin Eldor Shomurodov faoliyatiga doir bildirgan fikr-mulahazalarini taqdim etamiz.

Sergio Pesenti:

Jamoa o‘zgaryapti va yangidan shakllanmoqda. Ballardini to‘g‘ri yo‘lni topdi. Shomurodov uning o‘yin sxemasiga mos tushdi.

Daniela Mariani:

Shomurodov yana zo‘rligini ko‘rsatdi. Endi Ballardini unga to‘liq ishonch bildirishiga shubha yo‘q. Eldor jamoaning ayni paytdagi eng zo‘r hujumchisi.

137404608_4208287185848836_2056437262068434138_o

Alessandro Gigli:

Eldorning bo‘yiga nisbatan tezligi fantastik darajada ekan. “Latsio”, “Sampdoriya” va “Bolonya” bilan bo‘lgan uchrashuvlarda uning to‘pni katta tezlikda olib yurishi gol urishimizga zamin yaratdi.

Monica Fiorello:

Shomurodov ketma-ket uchinchi o‘yinda golli hujumda bevosita ishtirok etdi. Menimcha, u hozir jamoaning eng foydali o‘yinchisi hisoblanadi.

Angelo Cisana:

Eldor tez yugurishga usta ekan. Agar u qanotlarda o‘ynasa, tezkorligi bilan yanada ko‘proq foyda keltirishi mumkin.

Nico Campana:

Shomurodov va Ballardini jamoani xavfli hududdan qutqardi. Bu jamoa rivojlanishiga ishonaman.

Alma Martini:

Eldor yana zo‘r o‘ynadi. Keyingi paytda uning o‘yini hayratlanarli darajada o‘zgardi.

Mario Colombo:

Men Shomurodov gol urmaganidan xursandman. Golsiz ham u jamoaga juda katta foyda keltirdi. Agar o‘zi ham to‘p kiritganida “Yuventus” Eldorni aniq olib ketardi.

Massimo Medisio:

Eldor “Yuventus”ning ishonchini oqlash uchun zo‘r futbol o‘ynay olishini ko‘rsatishi kerak. Undan doim yorqin o‘yin kutamiz.

Giovanni Santerini:

Jamoa endi Shomurodov uchun o‘ynasin! U hozir zo‘r formada va hujumni Eldorning atrofida shakllantirish lozim.  

Marco Pontini:

Eldor “Yuventus”da o‘ynasa, yanada kuchayadi. “Jenoa”da esa, Ronaldu ham o‘zini ko‘rsata olmasdi!

RTX8FW5N_2

Rinuccia Fazio:

Forza Eldor! Forza Genoa!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шерзодбек Вохидов
11/01/2021 07:05
Unaqamasda admin kecha yozdiylaru o‘qib bo‘ldik
&
KIND PRINCE original
11/01/2021 00:58
Элдор яхши уйнавати.
Лекин янада купрок уз устингда ишла
Номингни дунёга танитишини хохлардик. Бизаданам чиксин.
Супер фантастик Юлдуз.
Alisher Markayev
10/01/2021 18:44
Машарипов Осиёда нима бор .Элдорга ухшаб Италияни хайратга солсин. Элдордан урнак олсин.
Анвар Жовлиев
10/01/2021 18:39
ЖЧга чиккандек хурсанд килдинг Элдор маладецц!!!!!!
Анвар Жовлиев
10/01/2021 18:39
ЖЧга чиккандек хурсанд килдинг Элдор маладецц!!!!!!
solijon bobokulov
10/01/2021 18:29
Faxrlanib ketadi odam. Eldordan keyin Oston ham tezroq Spartakdan Itaiyaga ketsa zo'r bo'lardi!