Jerrard Saudiya klubini boshqarishga rozi bo‘ldi
Ayni dam ishsiz yurgan Stiven Jerrardning keyingi manzili Saudiya Arabistoni bo‘lishi mumkin. U "Al-Ittifoq"ga bosh murabbiy bo‘lishga rozi bo‘ldi, deya xabar bermoqda "The Athletic" nashri.
Manbaning ta’kidlashicha, angliyalik mutaxassis ilk taklifni rad qildi, lekin muzokaralar davom etdi va deyarli kelishuvga erishilgan.
Eslatib o‘tamiz, Jerrard so‘nggi marta "Aston Villa"da ishladi. U klubdagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin bir nechta APL klublaridan kelgan takliflarni rad qildi.
Fikrlar