Jervonta Devis dunyoning eng yaxshi 5 nafar bokschisini aytdi. Eng qizig‘i...

  • 13.06.2024 18:25
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Engil vazn toifasida WBA yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni Jervonta Devis vazn toifasidan qat’i nazar, dunyoning eng kuchli besh bokschisi nomini aytdi.

 Qizig‘i shundaki, super og‘ir vazn toifasining mutlaq chempioni Aleksandr Usik hamda uning sobiq ustozi Floyd Meyvezer bu ro‘yhatdan joy olmadi.

 “Birinchi o‘rinda men. Keyin "Kanelo". Uchinchi o‘rinda David Benavides. To‘rtinchi o‘rinda Inoue. Beshinchi o‘rinda esa Krouford",  - deya Devisning so‘zlarini keltiradi Boning News

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!