Jeyk Pol boks olamida juda katta shov-shuv ko‘tarmoqchi
Amerikalik videobloger Jeyk Pol keyingi rejalari haqida gapirdi.
"Bu boks tarixidagi eng katta sensatsiya bo‘ladi. Men Enton Joshuani nokautga uchratib, kelasi yili Tayson Fyuri bilan jang qilaman", - deb yozgan Pol ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Jeyk (12-1, 7 KO) 20 dekabr kuni AQShning Mayami shahrida Enton Joshua(28-4, 25 KO)ga qarshi ringga ko‘tariladi.



Fikrlar