Jeyk Pol Entoni Joshua bilan jangdan keyin yana bir bor jag‘ini operatsiya qildirdi

  • 21.02.2026 12:52
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks

Amerikalik bokschi-bloger Jeyk Pol sobiq jahon chempioni Entoni Joshuaga qarshi jangda singan jagi sabab yana bir bor operatsiya qilindi. Uning aytishicha, asoratlar tufayli takroriy jarrohlik amaliyotiga ehtiyoj tug‘ilgan.

"Jag‘imni yana operatsiya qilishga to‘g‘ri keldi. Ma’lum bo‘lishicha, vintlar va plastinalar bo‘shasha boshlabdi, oxirgi ikki oy davomida o‘zimga umuman dam bermagan ekanman", — deb yozdi Pol ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili AQShda bo‘lib o‘tgan bahsda Joshua oltinchi raundda Jeyk Polni nokautga uchratgan va jangdan keyin amerikalik jagi ikki joyidan singani ma’lum qilgandi.

G‘iyosiddin Uralov tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!