Jeyk Pol: "Jaghim sindi, biroq miyam joyida!"

  • 26.12.2025 18:27
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Amerikalik bloger va bokschi Jeyk Pol britaniyalik Entoni Joshuaga qarshi jangdan so‘ng sog‘ligi haqida gapirib, muxlislarni yangi yil bilan tabrikladi.

"Jag‘im sindi, lekin miya va umurtqa po‘gonasi sog‘lom. O‘zimni hech qachon bundan ko‘ra g‘ayratli his qilmaganman. Butun dunyodagi barcha yangi yil muborak bo‘lsin. Oldinga intilishdan aslo to‘xtamang. Agar urinib ko‘rmasangiz, 100 foiz muvaffaqiyatsizlikka uchrashingiz aniq", - deb yozdi amerikalik ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Pol 20 dekabr kuni o‘tkazilgan bahsda Joshuadan oltinchi raundda nokautga uchradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!