Jeyk Pol: "Jag‘imning ikki tomoniga titan plastinka qo‘yib, bir nechta tishlarim sug‘urib olishdi"

  • 21.12.2025 12:59
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, taniqli bokschi-blogger Jeyk Polning jag‘i sobiq jahon chempioni Entoni Joshua bilan jangda singan edi. Shundan so‘ng, Jeyk operatsiya qilingani xabar berildi. Bugun esa You Tuber barchasi joyida ekanini aytdi.

"Yaqinda operatsiyadan chiqdim. Hammasi yaxshi o‘tdi. Jag‘imning ikki tomoniga ikkita titan plastinka qo‘yib, bir nechta tishlarim sug‘urib olishdi. Nima ham derdim, quvvatlaganingiz uchun tashakkur. Keyingi haftadan suyuqlik iste’mol qilishim mumkin ekan. Mayami universitetining ajoyib jamoasiga katta rahmat. Hamma juda mehribon va g‘amxo‘r", - deb yozdi Pol o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, AQShda o‘tkazilgan bahsda Joshua 6-raundda Jeykni nokautga uchratdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!