Jeyk Pol: "Men yana qaytaman va jahon chempioni bo‘laman"

  • 20.12.2025 20:25
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Bokschi-bloger Jeyk Pol sobiq jahon chempioni Entoni Joshua bilan jangdan keyingi maqsadini aytib o‘tdi.

"Men qaytib kelib, qachondir jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritaman. Bu to‘qnashuv deyarli olti raund davom etdi va men bundan ajablanmayman. Rostini aytsam, shunchaki charchab qoldim. Vazn oshirishga qiynaldim. Agar kardio mashqlarim ko‘proq bajarganimda, jangni to‘liq davom ettirishim mumkin edi. Biroq bugun qo‘limdan kelganicha harakat qildim", - dedi Jeyk jangdan keyin.

Eslatib ztamiz, 20 dekabr kuni AQShning Mayami shahrida bo‘lib o‘tgan bahsda Joshua 6-raundda Polni nokautga uchratdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!