Jeyk Pol ringga qaytish vaqtini ma'lum qildi

  • 12.03.2026 17:25
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks

Bokschi-bloger Jeyk Pol keyingi jangini qachon o‘tkazishini ma’lum qildi.

"Yaqinda ikkinchi operatsiyam bo‘lib o‘tdi. Shifokorlar suyak qancha muddatda tuzalishiga qarab, to‘rt oydan olti oygacha vaqt ketishini aytdi. Shu bois bu yil oxiri yoki kelasi yil boshida ringga qaytishim mumkin", – dedi amerikalik "Bloody Elbow" nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Jeyk Pol oxirgi jangida Entoni Joshuadan 6-raundda nokautga uchragan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!