Jezus "Arsenal"ning yirik hisobidagi g'alabasiga izoh berdi
Londonning "Arsenal" klubi hujumchisi Gabriel Jezus Angliya Premer-ligasining 19-turi doirasida "Aston Villa" ustidan qo‘lga kiritilgan yirik 4:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng fikr bildirdi.
"Bu "Arsenal" uchun ajoyib o‘yin bo‘ldi. Bu raqibga qarshi o‘ynash juda qiyin. "Aston Villa" har doim muammo tug‘dira oladi. Birinchi bo‘limda ular o‘yin sur’atini sekinlashtirishga urindi. Ammo jamoamizning mentaliteti o‘smoqda, biz kun sayin kuchayib bormoqdamiz. Ana shu sababli klub g‘alaba qozonishda davom etyapti", — deya Jezusning so‘zlarini BBC nashri keltiradi.
Ma’lumot uchun, Mikel Arteta shogirdlari 45 ochko jamg‘arib, Premer-liga turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi.

Fikrlar