Jezush ham Ronalduni sabab jazoga tortiladi
Portugaliya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan yuzaga kelgan nizo sababli intizomiy ish doirasida tekshiruv obyektiga aylanishi mumkin.
Bunga milliy jamoa bosh murabbiyining o‘z kapitaniga nisbatan nomaqbul xatti-harakatlari ehtimoliy sabab sifatida ko‘rsatilmoqda. Bu haqida Cabine Desportiva ijtimoiy tarmoqdagi X sahifasida Correio da Manhã nashriga tayanib xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, Jezush 27 sentabr kuni Norvegiyaga qarshi Millatlar ligasi uchrashuvi vaqtida Ronalduni badan qizdirishga yuborgan, biroq maydonga tushirmagan.
30 sentabr kuni 41 yoshli hujumchi Portugaliya terma jamoasi ixtiyorini o‘zboshimchalik bilan tark etgan. 6 oktyabr kuni futbolchi o‘z qarorini izohlab, Jezushni bergan va’dalarini buzganlikda ayblagan bayonot bilan chiqdi.

Fikrlar