Jezush Portugaliya terma jamoasi yetakchilaridan birining jarohati haqida xabar berdi
Brunu Fernandes jaroҳati sababli Portugaliyaning Norvegiyaga qarshi oʻyinida maydonga tushmasligi mumkin.
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush Millatlar ligasida Norvegiyaga qarshi o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida yarimhimoyachi Brunu Fernandeshning holati haqida ma’lumot berdi. Uning aytishicha, Uelsga qarshi avvalgi bahsda Fernandesh jarohat olib, o‘yinni muddatidan oldin tark etgan. Jezushga ko‘ra, «Manchester Yunayted» futbolchisining Erling Holand boshchiligidagi Norvegiyaga qarshi uchrashuvgacha to‘liq tiklanishi qiyin ko‘rinadi.
«Vaziyat qanday rivojlanishini kutamiz. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, uchinchi kunga kelib hamma futbolchi ham to‘liq tiklanib ulgurmaydi. Bu faqat bizga emas, Norvegiya termasiga ham taalluqli… Brunu Fernandeshga muolaja va tiklanish uchun vaqt kerak. U yaqinda «Yunayted»da olgan jarohatidan keyingina safga qaytdi va menga so‘nggi uch o‘yinni og‘riqqa qaramasdan o‘tkazganini aytdi. Shu og‘riq uni bezovta qilgan, bu esa Uelsga qarshi bahsda o‘zining eng yaxshi o‘yini ko‘rsata olmasligiga sabablaridan biri bo‘ldi», – deya xabar beradi Jorje Jezush so‘zlarini Metro nashri.

Izohlar (0)