Jezushning qaysi gapi Ronalduning jahliga tekkani oshkor bo‘ldi
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezushning matbuot anjumanida aytgan gaplari Krishtianu Ronalduni jiddiy ranjitgani xabar qilinmoqda.
The Athletic nashri yozishicha, 41 yoshli hujumchi murabbiyning bayonotini o‘zini ataylab jazolashgani haqidagi ishora sifatida qabul qilgan. Jezush 30 sentabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida terma jamoa sardori bilan bog‘liq mojaro haqidagi savollarga javob berar ekan, «Qarorlarni men qabul qilaman», degan edi. Aynan shu jumla Ronalduni asabiylashtirgani aytilmoqda.
Ronaldu va Jezush o‘rtasidagi kelishmovchilik 27 sentabr kuni Liga millatlari doirasida o‘tkazilgan Portugaliya – Norvegiya uchrashuvidan so‘ng yuzaga kelgan. Murabbiy dastlab Ronalduga taxminan 30 daqiqa o‘yin amaliyoti berishni rejalashtirgan, ammo hujumchi qizish mashqlarini bajarganiga qaramay, maydonga tushirilmagan. Shundan so‘ng Ronaldu terma jamoa qarorgohini tark etgan va keyinchalik Jezushni kelishuvga amal qilmaganlikda ayblagan.

Fikrlar