Jiddiy maqsadlarni ko‘zlayotgan "So‘gdiyona" Turkiyada kimlar bilan o‘ynaydi?
"Mavsum-2025"ni 8-o‘rinda yakunlagan Jizzaxning "So‘g‘diyona" klubi yangi mavsum uchun jiddiy maqsadlarni qo‘ymoqda. Bosh murabbiy Ivan Boshkovich o‘tgan yildgi xato va kamchiliklardan xulosa chiqargan holda joriy yildgi chempionatga har qachongidan puxta tayyorlanish uchun rejalar ishlab chiqqan.
Klub matbuot xizmatining xabar qilishicha, 2026 yildgi mavsumda yuqori maqsadlarni ko‘zlagan "So‘g‘diyona" futbol klubi yangi mavsumga puxta va reja asosida tayyorgarlik ko‘rishni boshladi.
Mazkur jamoa qishki o‘quv-yiğin mashg‘ulotlarini bir necha bosqichda o‘tkazib, jismoniy va taktik jihatdan to‘liq shakllanishni maqsad qilgan.
Tayyorgarlikning dastlabki bosqichi 10–20 yanvar kunlari Jizzax shahrida tashkil etiladi. Ushbu davrda futbolchilarning umumiy jismoniy holatini tiklash va asosiy yuklamalarga tayyorlashga alohida e’tibor qaratiladi.
Shundan so‘ng 21 yanvardan 20 fevralga qadar jamoa Turkiyaning Antaliya shahrida o‘quv-yiğin mashg‘ulotlarini davom ettiradi. Antaliyadagi yiğin yuqori intensivlikdagi mashg‘ulotlar, taktik ishlanmalar va raqobatbardosh o‘yinlar bilan ajralib turadi.
Mazkur yiğin doirasida "So‘g‘diyona" bir qator xorijiy jamoalarga qarshi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi. Ushbu bellashuvlar yangi mavsum oldidan jamoaning o‘yin tizimini mukammallashtirish, futbolchilarning musobaqa ritmiga kirishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘rtoqlik uchrashuvlari jadvali:
23 yanvar — So‘g‘diyona - Spartak Subotika (Serbiya)
29 yanvar — So‘g‘diyona - Sileks (Makedoniya)
1 fevral — So‘g‘diyona - Chelyabinsk (Rossiya)
4 fevral — So‘g‘diyona - FK Altay (Qozog‘iston)
10 fevral — So‘g‘diyona - Rustavi (Gruziya)
13 fevral — So‘g‘diyona - "Nijniy Novgorod" (Rossiya)
16 fevral — So‘g‘diyona - Dinamo Batumi (Gruziya)
19 fevral — So‘g‘diyona - FK Fakel (Rossiya)
Fikrlar