Jirinovskiy: Lukashenko butun Er yuzi ustidan kulyapti

  • 29 mart, 2020, 23:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Rossiyalik mashhur siyosatchi Vladimir Jirinovskiy koronavirus sabab ommaviy tadbirlarni, jumladan, sport tadbirlarini bekor qilmayotgan Belorus prezidenti Aleksandr Lukashenkoni jiddiy tanqid qildi.

“Lukashenko butun Er yuzi ustidan kulyapti. Hamma joyda qat’iy choralar ko‘rilgan, sport tadbirlari bekor qilingan, hamma joyda odamlar uyda saqlanmoqda. Belarusda esa hamma ko‘chada, stadionlarda. Uning o‘zi esa xokkey o‘ynayapti. U erda allaqachon bir necha o‘nlab kishilar virusdan zararlangan. Keyin ular yuzlab, minglab bo‘lishi mumkin.

Bunday bo‘lishi mumkin emas, Aleksandr Grigorevich. Xuddi butun sayyora ahmoq va bitta siz aqlli odamdek”, - deb yozdi Jirinovskiy o‘z telegram kanaliga.

Eslatib o‘tamiz, Belarus chempionati ayni damda davom etayotgan Evropadagi yagona chempionat hisoblanadi. Biroq, Lukashenko hozirgi epidemiologik vaziyat u qadar xavfli emas deb aytmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!