Jirkov faoliyatini qachon yakunlashi ma’lum bo‘ldi

  • 11.12.2020 19:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Joriy mavsum "Zenit" himoyachisi Yuriy Jirkov uchun so‘nggisi bo‘ladi. Bu haqda Metaratings nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 37 yoshli futbolchi yozda Rossiya terma jamoasi safida “Evro-2020”da ishtirok etmoqchi va shundan so‘ng faoliyatini yakunlaydi. U hozir yuqori jismoniy bosimga dosh berolmayapti va shu sababli butsalarini mixga ilmoqchi.

Jirkov joriy mavsum 16 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta golga assistentlik qildi. Uning “Zenit” bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!