"Jirona" hujumchisi A Seriya grandi radarida

  • 30.04.2024 21:50
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Napoli" Artyom Dovbikni sotib olish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. 

"La Gazetta dello Sport" xabariga ko‘ra, neapolliklar Viktor Osimxenga o‘rinbosar izlamoqda. "Lill" hujumchisi Jonatan Devid esa asosiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda. 

Kanadalik futbolchi Italiya klubi kelasi mavsum Chempionlar ligasiga yo‘llanma ololmasa ham mazkur jamoaga o‘tishga rozi. Buning uchun frantsuzlar daniyalikni 50 million evrodan kamroq pulga qo‘yib yuborishi kerak. 

"Jirona"dan Artyom Dovbik va "Feyeenoord"dan Santyago Ximenes ham Devidga muqobil variant sifatida ko‘rilmoqda. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!