Jiru: "Liverpul"ni faqat g‘alaba qoniqtiradi, bizni ham

  • 14.04.2019 11:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Londonning "Chelsi" klubi hujumchisi Olive Jiru bugun APLning 34-turi doirasida "Liverpul"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yindan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Men van Deykga qarshi bir necha bor o‘ynaganman va bu har doim qiyin bo‘lgan. U juda kuchli, ammo, men ushbu o‘yinlarda ko‘plab gollar ura olganman.

Biz oldimizda kim turganidan cho‘chimaymiz. Biz faqat g‘alaba haqida o‘ylayamiz.

“Liverpul” chempionlik uchun kurashmoqda va bu ular uchun muhim o‘yin bo‘ladi. Ularga faqat g‘alaba kerak. Ammo biz ham Chempionlar ligasi yo‘llanmasini boy bermasligimiz uchun ochko yo‘qotmasligimiz shart”, - deydi frantsiyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, "Liverpul" - "Chelsi" uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 20:30da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!