Jiru: Maqsadim - Platiniga etib olish

  • 24.03.2019 09:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Chelsi” forvardi Olive Jiru Frantsiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida Mishel Platinini ortda qoldirmoqchi ekanligini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, 32 yoshli futbolchi hisobida hozircha 34ta gol mavjud va u bu borada afsonaviy David Trezegeni ortda qoldirdi. Jiru to‘purarlar ro‘yxatida 3-o‘rinda bormoqda. Bu borada 2-pog‘onani egallab turgan Platiniga etib olishi uchun esa Jiru yana 7ta gol urishi lozim.

“Men hech qachon shaxsiy manfaatlarimni terma jamoanikidan yuqori qo‘ymaganman. Lekin shaxsiy yutuqlarga erishish ham yoqimli. Trezege ajoyib to‘purar bo‘lgan. Umid qilamanki, reytingda yanada yuqorilayman. Mening navbatdagi maqsadim – Platiniga etib olish”, - deydi Jiru.

Eslatib o‘tamiz, Jiru bundan avvalroq Evro-2020dan so‘ng terma jamoadagi faoliyatini yakunlashi haqida ma’lum qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!