
Jiru: "U mening rekordlarimni yangilaydi"
Frantsiyani chorak finalda Angliyaga qarshi uchrashuv kutmoqda. Ushbu o‘yin oldidan Olive Jiru Kilian Mbappe haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Kilian men bilan birga to‘p tepgan eng yaxshi futbolchilaridan biri. Chempionat boshidan beri u hal qiluvchi rolni o‘ynamoqda . U keyingi uchrashuvlarda yanada yaxshilanadi. Bilaman, u mening rekordlarimni yangilaydi", - dedi hujumchi.
Ma’lumot uchun, 23 yoshli forvard mundialda 4 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol va 2 assist amalga oshirdi.
Fikrlar