Jiru uchun yana bir da’vogar paydo bo‘ldi

  • 21 dekabr, 2019, 10:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Chelsi" klubi forvardi Olive Jiru yana Frantsiyaga qaytishi mumkin.

Tecno

Goal.com tarqatgan xabarga ko‘ra 33 yoshli frantsiyalik futbolchi uchun kurashga "Bordo" ham qo‘shilgan. Biroq, ushbu klub Jirudan moliyaviy talablarini biroz kamaytirishini so‘ramoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Jiruga “Inter”dan ham qiziqishlar mavjud ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Uning “aristokratlar” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi. Shu boisdan ham londonliklar uni qishki transferlar davridayoq sotib yuborishlari mumkin.

Ma’lumot uchun, Jiru joriy mavsum “Chelsi” safida 7 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!