Jiru va Obameyang Evropa ligasida hafta futbolchisi bo‘lishga nomzod
Avval xabar berganimizdek kecha UEFA Evropa ligasi 1/8 final javob bahsidan o‘rin olgan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Ushbu o‘yinlarda faollik ko‘rsatgan ayrim futbolchilar musobaqaning joriy haftadagi eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzod sifatida ko‘rsatildi. UEFA rasmiy sayti esa bu borada «Chelsi» forvardi Olive Jiru, «Arsenala» forvardi Per-Emerik Obameyang, «Slaviya» xavbeki Tomash Souchek va «Benfika» forvardi Jonaslarni nomzodlar qatoriga qo‘shdi.
Ta’kidlash lozimki, Jiru kecha “Dinamo” Kievga qarshi o‘yinda xet-trik qayd etdi, Obameyang “Renn”ga qarshi bahsda dublga erishdi va jamoasining 1ta goliga assistentlik ham qildi, Souchek va Jonaslar kechagi o‘yinlarda o‘z hisoblariga 1tadan gol va 1tadan golli uzatma yozdirib qo‘yishdi.
Eslatib o‘tamiz, g‘olib nomi UEFA rasmiy saytida o‘tkaziladigan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra e’lon qilinadi.
Fikrlar