Jiu-Jitsu bo‘yicha O‘zbekiston kubogining boshlanish sanasi ma’lum
Ahmadbek Eshmatov
Toshkent shahrida barcha yosh toifalari o‘rtasida O‘zbekiston Kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tadi.
2025 yil 5, 6, 7 va 8 dekabr sanasi kunlari Toshkent shahri ““MDIS Tashkent” binosi sport zalida barcha yosh toifalari o‘rtasida sportning Jiu-Jitsu turi bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tishini ma’lum qilamiz.
Ushbu musobaqada g‘olib chiqqan jitserlarimiz milliy terma jamoa tarkibida kelasi yil o‘tkaziladigan xalqaro turnirlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Bu haqda O‘zbekiston Jiu-Jitsu federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Izohlar (0)