Jizzax veloshosse bo‘yicha Gran-pri turniriga mezbonlik qildi

  • 20.06.2026 12:58
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Velosport
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

18-19 iyun kunlari Jizzax viloyatida veloshosse bo‘yicha Gran-pri turniri bo‘lib o‘tdi. 10 ga yaqin mamlakatdan 100 nafar dan ortiq sportchi ishtirok etgan mazkur musobaqada o‘zbekistonlik sportchilar yuqori natija qayd etishdi. Ikki bosqichdan iborat bellashuvlar davomida erkaklar jami 200 km, ayollar esa 196 km masofani bosib o‘tishdi. Yakunda umumiy klassifikatsiya bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar ro‘yxati quyidagicha ko‘rinishga keldi: 

Erkaklar: 
Skott Kemeron (Avstraliya) 
Dilan Hopkins (Avstraliya)
Nikita Svetkov (O‘zbekiston) 

Ayollar: 
Yanina Kuskova (O‘zbekiston) 
Shahnoza Abdullaeva (O‘zbekiston) 
Madina Qahhorova (O‘zbekiston)

Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!