Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

Jo Joysning raqibi o‘zgardi

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

U endi xorvatiyalik bokschi bilan jang qiladi.

Angliyaning Manchester shahrida navbatdagi jangini o‘tkazishi kerak bo‘lgan Jo Joysning raqibi o‘zgardi. Aniqrog‘i, britaniyalik Dillian Uayt jarohat olib, jangni tark etdi. Biroq oradan biroz o‘tib, uning o‘rniga yangi raqib tayinlandi.

Endi Joys 5 aprel kuni xorvatiyalik Filip Hrgovich bilan to‘qnash keladi. Bu haqda "Boxing Scene" portali xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, Jo o‘zining so‘nggi jangini 2024 yilning iyul oyida o‘tkazib, hakamlarning yakdil qarori bilan Derek Chisoradan mag‘lub bo‘lgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q