Joan Laporta Flikning faoliyatini yuqori baholadi

  • 29.12.2025 01:04
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" prezidenti Joan Laporta jamoa bosh murabbiyi Hans-Diter Flikning ishini yuksak baholadi. Dubayda o‘tkazilgan "Globe Soccer Awards" marosimida nemis mutaxassisi 2024/25 mavsumida La Liganing eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

"U haqiqiy mutaxassis va o‘z ishtiyoqini futbolchilarga uzata oladi. Hans-Diter Flik uchun ushbu mukofotni qabul qilish men uchun katta sharaf. Men Flikka va uning shtab a’zolariga minnatdorman. Uning muvaffaqiyati kaliti — klubga va shaharga tez moslasha olgani, atrofiga ajoyib fikrdoshlar jamoasini to‘plaganidir. U juda ishtiyoqli inson va futbolchilarga alohida e’tibor bilan munosabatda bo‘ladi.

O‘tgan mavsum davomida biz kuchli bosim o‘tkazdik, ofsayd tuzoqimiz a’lo darajada ishladi. Hozir biroz qiyinroq, ammo biz La Ligada peshqadamiz va jamoa o‘tgan mavsumdagi natijani takrorlabgina qolmay, undan ham yaxshiroq natija ko‘rsatishiga umid qilamiz.

Yevropa chempionlar musobaqasida saboq oldik, ammo La Ligada oxirigacha kurashib, "Real"ni beshinchi bor mag‘lub etdik. Bu juda tomoshabop bo‘ldi. Futbolchilar o‘z iqtidori va klubga sadoqatini namoyish etdi", — dedi Laporta.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!