Joau Feliks Saudiya Arabistoni chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topildi

  • 23.05.2026 13:48
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"An-Nasr" yarim himoyachisi Joau Feliks Saudiya Arabistoni chempionatining o‘tgan mavsumidagi eng yaxshi futbolchi sifatida e’tirof etildi.

26 yoshli portugaliyalik futbolchi sovrin uchun kurashda jamoadoshi Krishtianu Ronaldu, "Al-Hilol" havbeki Ruben Nevesh, "Al-Ahli" hujumchisi Ayven Touni hamda "Al-Qodisiya" forvardi Xulian Kinyonesni ortda qoldirdi.

Feliks o‘tgan chempionatda 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 20 ta gol va 13 ta assist qayd etdi. Assistlar bo‘yicha bu ligadagi eng yaxshi natija bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!