Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Joau Felish «Al-Nasr»dan ketish istagini ma'lum qildi

Abdukarim Atayev
Izohlar: 0

Joau Felish «Al-Nasr»da baxtli bo‘lsa-da, Evropaga qaytib, yana Chempionlar ligasida o‘ynashni istashini aytdi.

«Al-Nasr» klubi hujumchisi Joau Felish jamoani tark etish niyati borligini ma’lum qildi.

Uning aytishicha, Saudiya Arabistoni klubida o‘zini baxtli his qilayotgan bo‘lsa-da, yana Yevropa maydonlariga qaytish istagi kuchli.

«Men «Al-Nasr»da juda baxtliman, lekin Yevropaga qaytish haqida o‘ylayapman. Bu mavsum oxiridami yoki keyingi mavsumdami — aniq bilmayman. Ammo Yevropaga qaytib, yana Chempionlar ligasida o‘ynashni istayman», — dedi Felish.

Joau Felishning «Al-Nasr» bilan tuzgan shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi. Hujumchi 2025 yili «Chelsi» klubidan Saudiya Arabistoni jamoasiga o‘tgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q