Joau Mariu "Lokomotiv"da qolmoqchi

  • 10.12.2019 16:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Portugaliyalik yarim himoyachisi Joau Mariu "Inter"ga qaytmoqchi emasligi va "Lokomotiv"da qolmoqchiligini aytdi.

“Men “Inter”ga qaytishdan ko‘ra shu erda qolishni tanlagan bo‘lardim. Menga jamoa va shahar yoqadi. Ammo, futbolda kelajakda nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. “Lokomotiv” meni sotib oladi deb umid qilaman”, - deydi Mariu.

Eslatib o‘tamiz, “Lokomotiv” Mariuni o‘tgan yoz “Inter”dan bir mavsumga ijaraga olgan edi. Moskvaliklarda uning to‘liq transferni 18 mln evroga sotib olish huquqi bor. U joriy mavsum 12 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 5 ta golli uzatmaga mualiflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!