Joau Nevesh PSJ bilan shartnomasini 2030 yilgacha uzaytirdi
Portugaliyalik yarim himoyachi Joau Neves PSJ bilan shartnomasini yana bir yilga uzaytirdi. Bu haqida "Le Parisien" nashri xabar bermoqda.
Yangi kelishuv 2030 yilgacha amal qiladi. Avvalgi shartnoma 2029 yilgacha mo‘ljallangan edi. Manbaga ko‘ra, yangi bitimga asosan futbolchining maoshi ham oshirilgan.
Neves 2024 yil yozida "Benfika"dan PSJ safiga qo‘shilgan edi. U parijliklar tarkibida o‘tgan mavsum UEFA Chempionlar ligasi g‘olibiga aylangan.
Fikrlar