Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Jokovich navbatdagi "Katta dubulg‘a"sini qo‘lga kiritdi!

Javokhir Azimov
Izohlar: 0

U Nadal va Fedederga etib oldi.

Tennis bo‘yicha "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi "Uimbldon" turnirida chempion nomi aniqlandi.

Erkaklar o‘rtasidagi hal qiluvchi bahsda jahonning birinchi raqamli raketka ustasi Novak Jokovich italiyalik Matteo Berrettiniga qarshi kortga chiqdi. Birinchi setni kutilmaganda tay-brekda boy bergan serbiyalik sportchi keyingilarida kambek amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Yakuniy hisob: 6:7, 6:4, 6:4, 6:3.

Shunday qilib, serbiyalik sportchi "Oltin toj" turkumiga kiradigan musobaqalardagi 20-titulini boshi uzra baland ko‘tardi. Bu natijasi orqali u Rafael Nadal hamda Rojer Federerga etib oldi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q